Faol vulqon og‘ziga uchib kirgan tarixdagi birinchi odam (video)

Dunyo1 daqiqa o'qish1.8K
Faol vulqon og‘ziga uchib kirgan tarixdagi birinchi odam (video)
Vingsyut (qanotli kostyum) ishqibozi Sebastyan Alvares faol vulqon og‘ziga uchib kirdi va oradan bir necha soniya o‘tgach qaytib chiqdi. U tarixda bunday xavfli ishni qilgan birinchi odamga aylandi. Butun parvoz jarayoni tasvirga olinib, internetga joylashtirilgan.

Sebastyan Alvares ekstremal sportni va maxsus kostyumda soatiga 200 kilometrdan yuqori tezlikda uchishni yaxshi ko‘radi. Vaqti-vaqti bilan u butun dunyoga ushbu sport turi nihoyatda zavqli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Uning aql bovar qilmas yutuqlari do‘stlarini ilhomlantiradi.

Alvaresning so‘nggi yutug‘i vulqon og‘ziga uyushtirilgan birinchi muvaffaqiyatli parvoz bo‘ldi. Buning uchun Chilidagi Vilyarrika vulqoni tanlangan, dengiz sathidan 2847 metr balandlikda joylashgan vulqon stratovulqonlar guruhiga kiradi. U dunyodagi eng faol vulqonlardan biridir.

Vingsyut ishqibozining CNN telekanaliga aytishicha, u vertolyotdan sakrab tushganidan 40 soniya o‘tgach, o‘zini vulqon ichida ko‘rgan va bir necha soniyadan so‘ng undan xavfsiz uchib chiqqan. Parvoz ajoyib o‘tdi. Alvares havoga ko‘tarilishdan oldin juda ko‘p tahlil va hisob-kitoblarni amalga oshirgan. Zarracha xato ham unga qimmatga tushishi mumkin edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?