19:33 / 15.01.2022
1 905

Dunyoning eng serdaromad YouTube-blogerlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyoning eng serdaromad YouTube-blogerlari ro‘yxati e’lon qilindi
Foto: AP
Forbes jurnali o‘tgan yil natijalari bo‘yicha YouTube platformasida eng ko‘p daromad topgan blogerlar reytingini e’lon qildi.

Reytingda birinchi o‘rinni 23 yoshli Jimmi Donaldson (MrBeast nomi bilan tanilgan) egalladi – uning daromadi 2021 yilda 54 mln dollarni tashkil etgan. Yil natijalariga ko‘ra, Donaldsonning roliklari 10 mlrd martadan ortiq ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, u muvaffaqiyatli biznesmen ham hisoblanadi: bloger o‘tgan yili mobil qurilmalar orqali 1600ta restorandan uning brendi ostidagi burgerlarga buyurtma berish imkonini beruvchi ilova yaratgan.

Ikkinchi o‘ringa aktyor, bokschi va bloger Jeyk Pol joylashdi – uning daromadi 45 mln dollarga teng bo‘lgan.

Uchinchi o‘rindan joy egallagan geymer Markiplier o‘tgan yili 38 mln dollarga ishlagan.

Amerikalik komiklar Rett va Link dueti 2021 yilda 30 mln dollar bilan to‘rtinchi o‘rinni band etdi.

Beshinchi o‘rindan joy olgan Unspeakable eng badavlat blogerlar orasida yangi hisoblanadi. Minecraft o‘yinchisi 10 yilga yaqin vaqt davomida ushbu o‘yin bilan bog‘liq roliklarini namoyish etib kelgan. O‘tgan yili u roliklariga bo‘lgan huquqlarni Spotter kompaniyasiga sotdi va bu unga 28,5 mln dollar topishga yordam berdi.

Yetti yoshli Nastya Radzinskaya badavlat yutubchilar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egalladi. Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Nastya va uning oilasi o‘tgan yili 28 mln dollar ishlab topgan.

Nastyadan uch yoshga katta bo‘lgan Rayan Kadzi yuqori uchtalikdan yettinchi o‘ringa tushdi. 2021 yilda uning roliklari 27 mln dollar daromad keltirgan.

2020 yilda Dude Perfect komik guruhi reytingda uchinchi o‘rinda joylashgandi. Guruh o‘tgan yili 20 mln dollarga ishlagan.

Bokschi va videobloger Logan Pol to‘qqizinchi o‘rinda. Uning o‘tgan yilgi daromadi 18 mln dollarni tashkil etgan.

O‘ninchi o‘rin Minecraft o‘yiniga oid videolari bilan tanilgan Preston Arsementga nasib etdi. U 2021 yilda 16 mln dollarga ishlagan.

Forbes qayd etishicha, eng ko‘p daromad topuvchi 10 nafar YouTube-bloger o‘tgan yili jami 300 mln dollar topgan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 2021 yilda YouTube foydalanuvchilari soni 2,3 mlrd nafardan oshgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng serdaromad YouTube-blogerlari ro‘yxati e’lon qilindi