
Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Jinoyat prokuraturasi boshqarmasi boshlig‘i Serik Shalabayev Markaziy nazorat komissiyasida o‘tkazilgan brifingda notinchlik davrida 225 ta jasad o‘likxonalarga yetkazilganini ma’lum qildi. Bu haqda Zakon.kz ma’lum qilmoqda.
Ulardan ba’zilari tartibsizliklar ishtirokchilariga tegishli. 19 nafar politsiyachi va askar halok bo‘lgan. Jami 4578 kishi jabrlangan.
«Bu ko‘rsatkichlar dastlabki bo‘lib, yanada takomillashtiriladi. Ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin»,—deyiladi bayonotda.
Ammo Serik Shalabayev har bir fakt atroflicha o‘rganilib, tergov yakuniga yetgach, ularga huquqiy baho berilishini ma’lum qilgan.
Bir hafta avval berilgan ma’lumotda 164 kishi qurbon bo‘lgani ma’lum qilingandi. 10 yanvarda esa butun mamlakat bo‘ylab motam e’lon qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar