15:39 / 17.01.2022
1 883

To‘qayev Nazarboyevning jiyanini ishdan bo‘shatdi

To‘qayev Nazarboyevning jiyanini ishdan bo‘shatdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Samat Abishni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Oq O‘rda saytida ma’lum qilindi.

Davlat rahbarining farmoni bilan Abish Samat Satibaldiuli Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, deyiladi xabarda.

Samat Abish 2015 yil dekabridan buyon bu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Avvalroq, 14 yanvar kuni Samat Abish ta’tilda, Qozog‘iston MXX raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallashda davom etmoqda, deya ma’lum qilingan edi.

Qosim-Jomart To‘qayev 11 yanvar kuni parlament majlisida so‘zlagan nutqida mamlakatdagi tartibsizliklar va bosqinchilik harakatlarida maxsus xizmatlarning faoliyatini tanqid qilgan edi.

«QMXQ vakolatli organ sifatida bu qo‘poruvchilik ishiga aniq baho bera olmadi va berishni ham istamadi, milliy xavfsizlikka jiddiy tahdidni ko‘rmadi», — degan To‘qayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev Nazarboyevning jiyanini ishdan bo‘shatdi