
Qozog‘iston davlat kotibi Yerlan Karinning aytishicha, mamlakatda yaqinda ro‘y bergan tartibsizliklarda bir qator radikal, ekstremistik tashkilotlar a’zolari ishtirok etgan.
“Bizning razvedka xizmatlarimiz Qozog‘iston hududida faoliyat olib borgan bir qator radikal-ekstremistik tashkilotlar a’zolarining so‘nggi voqealarda ishtirok etganini aniqladi. Shuningdek, xorijiy ekstremistik tashkilotlarning qozog‘istonlik radikallari bu voqealardan yangi hujumlar uyushtirish uchun foydalanishga uringan. Bu urinishlar o‘z vaqtida to‘xtatildi”, – dedi u “Xabar-24” telekanaliga bergan intervyusida.
Yerlan Karinning so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmatlar 20 dekabr kuni bir vaqtning o‘zida respublika hududiga bir guruh xorij fuqarolari kelganini, ular 7 va 8 yanvar kunlari turli yo‘nalishlarda Qozog‘istonni tark etishga uringanini ham ta’kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing