Foto: Perviy kanal Yevraziya
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi (Majilis) birinchi prezident Nursulton Nazarboyevni mamlakat Xavfsizlik kengashi va Qozog‘iston xalqlari assambleyasi raisligidan chetlatish bo‘yicha konstitutsiyaviy qonunlarga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi. Bu haqda deputat Kanat Nurovga tayanib, Zakon.kz xabar bermoqda.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Elboshining o‘zi ham bu qadamga rozi bo‘lgan, bu haqda videomurojaati chog‘ida ham ma’lum qilgan.
Endilikda bu lavozimlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga tegishli sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istondagi tartibsizliklar fonida Nazarboyev bir muddat jamoatchilikka ko‘rinish bermay qo‘ygandi. Shu asnoda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev bayonot bilan chiqib, respublika Xavfsizlik kengashi raisi lavozimini egallaganini ma’lum qildi.
Nazarboyevning o‘zi esa faqatgina 18 yanvar kuni videomurojaat yo‘llab, Qozog‘istondan ketmaganini va barchani prezident To‘qayev atrofida birlashishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi