19:09 / 19.01.2022
1 452

Litva rossiyalik harbiylarning Belarusga kelishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid sifatida baholadi

Litva rossiyalik harbiylarning Belarusga kelishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid sifatida baholadi
Foto: Ua.News
Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas rossiyalik harbiylarning Belarusga kelishi mamlakat uchun bevosita tahdid tug‘dirishini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Interfaks».

«Yuzaga kelgan vaziyatda Rossiya Qurolli Kuchlarining Belarusga kelishini nafaqat xavfsizlikka bog‘liq holatni beqarorlashtiruvchi omil, balki Litvaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta xavf sifatida ko‘rib chiqmoqdamiz», — deb yozadi Anushauskas o‘zining Facebook’dagi sahifasiga.

Anushauskas 19 yanvar kuni «Litva xavfsizligiga bog‘liq vaziyatni muhokama qilish uchun» NATOga a’zo to‘qqizta davlatning elchilari bilan uchrashishini ta’kidlagan.

Mintaqadagi vaziyatning keskinligiga javoban Litva harbiy xizmatga chaqiriluvchilar, shuningdek, ukrain armiyasidagi instruktorlar sonini oshirishga, zalp o‘t ochish raketa tizimlari xaridini tezlashtirishga qaror qilgan.

Avvalroq Rossiya—Belarus harbiylari o‘rtasidagi qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlar 2022 yilning fevralida o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 17 yanvar kuni Minskda o‘tkazilgan yig‘ilishda qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari fevralda boshlanishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Boltiqbo‘yi davlatlari va Polshaning o‘n minglab harbiy xizmatchilari e’tibori Belarus chegarasiga qaratilgan. 18 yanvar kuni esa Rossiya Qurolli Kuchlarining «Ittifoqchilik jasorati» qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadigan ilk bo‘linmalari Belarusga yetib keldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Litva rossiyalik harbiylarning Belarusga kelishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid sifatida baholadi