Afg‘onistonga mo‘ljallangan vertolyotlar Ukrainaga beriladi

Afg‘onistonga mo‘ljallangan vertolyotlar Ukrainaga beriladi
Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki AQSHning Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-17 vertolyotlarini Ukrainaga berish niyatini tasdiqladi.

Avvalroq, Afg‘onistonda hokimiyatni toliblar egallagunga qadar ushbu vertolyotlarni afg‘on armiyasiga topshirish mo‘ljallangan edi.

“Biz yaqinda Kongressni Mi-17 vertolyotlarini yetkazib berish niyatimiz haqida xabardor qildik. Shuning uchun men prezident kutib turibdi deb aytmagan bo‘lardim. Bu yo‘nalishdagi harakatlar yaqqol ko‘rinib turibdi”, – dedi Psaki juma kuni Oq uyda jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda.

AQSH ma’muriyati Ukrainaga Rossiyada ishlab chiqarilgan beshta Mi-17 vertolyotini berish niyati haqida Kongressni xabardor qilgani haqida avvalroq The Wall Street Journal nashri xabar tarqatgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar