21:43 / 23.01.2022
1 116

Bezos o‘limga qarshi dori ishlab chiqishga 3 mlrd dollar sarmoya kiritdi

Bezos o‘limga qarshi dori ishlab chiqishga 3 mlrd dollar sarmoya kiritdi
Foto: Yandex
Amerikalik milliarder va Amazon asoschisi Jeff Bezos o‘limga qarshi dori yaratish ustida ishlayotgan Alto Labs startapiga 3 milliard dollar sarmoya kiritdi. Bu haqda The Conservation nashri xabar berdi.

Loyihaning dastlabki ishtirokchilaridan biri Britaniyaning GlaxoSmithKline farmatsevtika kompaniyasining sobiq bosh olimi Xel Berron bo‘ldi. G‘oyani amalga oshirish ishlariga Nobel mukofoti sovrindorlari Shinya Yamanaka va Jennifer Doudna ham qo‘shildi.

Olimlar hujayralarni qayta dasturlash jarayonini, ya’ni ularning ildiz holatiga qaytishini o‘rganish orqali o‘limga davo yaratishni rejalashtirmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, loyiha muvaffaqiyatli bo‘ladimi yoki yo‘qmi, noma’lum, ammo tadqiqotchilar qarishga qarshi kurash sohasida yangi kashfiyotlar qilishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Jeff Bezosning fondi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun yana 443 million dollar xayriya qilishini e’lon qilgandi. Xususan, fond energiyani tejaydigan texnologiyalarga ixtisoslashgan BlocPower kompaniyasiga 5,5 million dollar sarmoya kiritgan va asosiy e’tibor shaharlardagi binolarning qurilishi va modernizatsiyasiga qaratilgan. Fond tomonidan ajratilgan millionlar aholining kam ta’minlangan qatlamlari uchun iqlim va toza energiyaga sarmoya kiritish tashabbusiga yo‘naltiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bezos o‘limga qarshi dori ishlab chiqishga 3 mlrd dollar sarmoya kiritdi