Foto: Huang Jingwen / globallookpress.com
Xitoy yaqin uch yil ichida Markaziy Osiyo davlatlariga 500 million dollar miqdorida beg‘araz yordam hamda turli soha xodimlari malaka oshirishi uchun 5 ming kishilik kvota ajratadi. Bu haqda XXR raisi Si Jinping «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammitidagi nutqida aytib o‘tgan.
«Yaqin 3 yilda Markaziy Osiyo davlatlariga ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 500 million AQSH dollari miqdorida beg‘araz yordam hamda sog‘liqni saqlash, qashshoqlikni qisqartirish va qishloq joylarda aholi farovonligini oshirish, axborot texnologiyalarni rivojlantirish uchun 5 ming kishilik kvotalar ajratilishini e’lon qilaman», degan Xitoy raisi.
Eslatib o‘tamiz, bugun 25 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping tashabbusi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirda, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas