1 158
Qozog‘istonda ekologiya vaziri o‘rinbosari va Aliya Nazarboyevaga aloqador kompaniya rahbari qo‘lga olindi
Foto: Sergey Yurev / AiF
Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi idorasi mamlakat ekologiya vaziri o‘rinbosari Ahmadjon Primqulov va «Operator ROP» rahbari Medet Qumargaliyevning hibsga olinganini tasdiqladi. Bu haqda Vlast.kz xabar bermoqda.
«Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Ahmadjon Primqulov va «Operator ROP» boshqaruvi raisi Medet Qumargaliyevning hibsga olinganini tasdiqladi», — deyiladi xabarda.
Ular «korrupsiya jinoyatlarini sodir etishda» gumon qilinmoqda, ikkalasi ham mamlakat poytaxtidagi vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
Ilgariroq «Operator ROP»ning qayta ishlash (utilizatsiya) yig‘imi hisobiga yaratilgan aktivlari davlat mulkiga o‘tkazilgani xabar qilingan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «Operator ROP»ning birinchi ta’sischisi Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya hisoblanadi.
Avvalroq prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda utilizatsiya yig‘imini to‘xtatish haqida ko‘rsatma bergan edi.
«Tadbirkorlar va umuman jamiyatda «Operator ROP»deb nomlangan kompaniya faoliyati ko‘plab savollar tug‘dirmoqda. Shu darajaga yetdiki, bu xususiy shirkatga qarshi qandaydir jamoat harakati tashkil qilingan. Hukumatga «Operator ROP» tomonidan utilizatsiya yig‘imi undirilishini tugatish choralarini ko‘rishni topshiraman. Buni xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi davlat tashkiloti qilishi kerak», — dedi To‘qayev parlament majlisida.
Utilizatsiya yig‘imi to‘langan «Operator ROP» kompaniyasi 2015 yilda paydo bo‘lgan. Xususiy kompaniya tomonidan qayta ishlash uchun olinadigan yig‘im miqdori 1 mingdan 9 ming dollargacha bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, «Operator ROP» olingan mablag‘larni chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash va yo‘q qilish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaratishga yo‘naltiradi.
Aliya Nazarboyeva monopolist kompaniya tomonidan olinadigan qayta ishlash yig‘imiga aloqadorligi haqidagi xabarlarga ochiq izoh bermagan, biroq OAV «Operator ROP» kompaniyasi Qozog‘iston sobiq prezidentining kenja qizi bilan bog‘liqligi haqida yozgan.
2020 yil boshidagi holatga ko‘ra, uch yil davomida «Operator ROP» hisob raqamlariga 220 milliard tenge kelib tushgan. Xarajatlarning eng katta bandi - «avtosanoatni rag‘batlantirish» bo‘lib, unga 75 milliard tenge yo‘naltirilgan. Olti yil davomida ko‘plab avtomobil egalari joriy qilingan utilizatsiya yig‘imiga qarshi chiqqan va 2021 yilda #NetUtilsboru harakati boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas