18:56 / 29.01.2022
1 089

Bayden va rafiqasi mushuk asrab oldi. Oq uyda so‘nggi 13 yildan buyon mushuk boqilmagandi

Bayden va rafiqasi mushuk asrab oldi. Oq uyda so‘nggi 13 yildan buyon mushuk boqilmagandi
Foto: Twitter
AQSH prezidenti Jo Bayden va rafiqasi Jill yana bir uy hayvoni — Villou laqabli ikki yashar mushukni asrab oldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

«Villou Oq uyga sevimli o‘yinchoqlari va shirinliklari bilan joylashmoqda. Bu yerda u kashf qiladigan joylar ko‘p», — deya birinchi xonimning matbuot kotibi Maykl La Rozadan iqtibos keltirgan agentlik. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Villou yashil ko‘zli kul rang mushuk bo‘lib, uning laqabi Jill Baydenning ona shahri Villou Grouv sharafiga qo‘yilgan.

Ilgari mushuk Pensilvaniyadagi fermada yashagan. U 2020 yilgi prezidentlik saylovoldi kampaniyasi vaqtida sahnaga sakrab chiqib, birinchi xonimning nutqini bo‘lib qo‘ygan paytda Jillda kuchli taassurot qoldirgan.

Jill Bayden Villouning suratlarini Twitter’ga joylashtirdi. «Tanishing, Villou!», — deya suratlarni izohlagan Amerika prezidentining rafiqasi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter
Oq uyda 2009 yildan beri mushuk boqilmagan. O‘sha paytda Jorj Bushning prezidentligi davrida qarorgohda Hindiston mushugi yashagan.

Villou Baydenlarning uchinchi uy hayvoniga aylandi. Prezident va birinchi xonimning Chemp va Meyjor laqabli ovcharka itlari bor. Chemp Oq uyda yashaydi, Meyjor esa ikki kishini tishlab olganidan keyin Baydenning Uilmingtondagi shaxsiy uyiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden va rafiqasi mushuk asrab oldi. Oq uyda so‘nggi 13 yildan buyon mushuk boqilmagandi