Presidential Press Service Handout Handout/EPA-EFE/REX/Shutterstock
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hozirda rossiyalik harbiylar yaqin kelgan Ukraina chegaralaridagi vaziyat yetarlicha keskinligi, ammo o‘tgan yildagidan keskinroq emasligini, shu tufayli xorijiy yetakchi siyosatchilar rossiyaliklar bostirib kirishi muqarrar ekani haqida gapirishlarini istamasligini aytdi. Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefon muloqotidan keyin jurnalistlarni yiqqan, muloqot vaqtida amerikaliklar rahbari Rossiya tomondan tajovuz xavfi realligi haqida ogohlantirgandi.
«Bugungi kunda biz avvalgiga qaraganda kattaroq eskalatsiya ko‘rmayapmiz. Ha, harbiylar soni oshgan, ammo men bu haqda 2021 yil boshidayoq aytganman, o‘shanda Rossiya Federatsiyasi harbiy mashg‘ulotlari haqida aytilgandi [...] Va hozir ham men vaziyat o‘sha mashg‘ulotlarning avj pallasidagidan ko‘ra keskinroq deb hisoblamayman - vaziyat o‘shanda ham juda keskin edi. Ammo o‘shanda bunday axborot siyosati olib borilmagandi. Shuning uchun men hisoblaymanki - biz prezident [AQSH] bilan ham shu haqda gaplashdik - men hisoblaymanki, bu siyosat muvozanatli bo‘lishi kerak», degan Zelenskiy Kiyevda xorijlik jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda.
Zelenskiy xorijlik yetakchilarning bayonotlaridan Kiyev ko‘chalari bo‘ylab tanklar harakatlanayotgani haqida tasavvur uyg‘onishi, ammo aslida bunday emasligini ta’kidlagan.
«Bizga bunday vahima kerak emas [...] Bizga mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorlashuvi kerak [...] chunki «ertaga urush» boshlanishi haqidagi signallar yangramoqda - hatto davlatlarning hurmatli rahbarlaridan ham signallar keldi, ular diplomatik tilda ham emas, ochiqchasiga shunday demoqda: «Ertaga urush bo‘ladi». Bu — vahima. Bozorlarda vahima, moliyaviy sektorda vahima. Bu bizning davlatimizga qanchaga tushadi!» degan Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vahima Ukraina iqtisodiyoti qaytarib olingan investitsiyalar tufayli 12,5 mlrd grivna (440 mln dollar atrofida) zarar ko‘rgan. «Bizda o‘tgan yili YAIM ko‘rsatkichlari bo‘yicha rekord darajaga erishdik, o‘sish bo‘ldi, 2021 yilda 6,5 mlrd [grivna] yangi investitsiyalar keldi. Ammo bunday axborot urushi tufayli Ukrainadan 12,5 mlrd pulni olib chiqib ketishdi. Biz valyutamizni davlat zaxiralari hisobidan barqarorlashtirmoqdamiz. Bu mamlakatimizga juda qimmatga tushmoqda», degan Zelenskiy.
Oq uy saytida Baydenning Zelenskiy bilan muloqoti haqida berilgan hisobotda amerikaliklar prezidenti yana bir bor Rossiya Ukrainaga bostirib kirgudek bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilar va hamkorlar bilan birgalikda «qat’iy javob qaytarishi»ni aytgani bildirilgan. Shu bilan birga, Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Bayden rossiyaliklar fevral oyida Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida gapirgan.
«Tayyor bo‘l, ammo bu haqda bong urma»
Bayden va Zelenskiy muloqotidan keyin jurnalistlar tomonlar aynan nimalarni gaplashgani haqida taxminlar bildira boshladi. CNN’ning xavfsizlik masalalari bo‘yicha katta korrespondenti Aleksander Markardt tvitterida AQSH prezidenti bosqin muqarar ekanini aytgani haqida yozgan. Oq uy buni rad etib, prezident muqarrar hujum haqida emas, «xavf realligi» haqida gapirganini ma’lum qildi. Ukraina prezidenti matbuot xizmati ham CNN ma’lumotlariga raddiya berdi.
Odessa yaqinidagi ukrain askarlari / Reuters
Vladimir Zelenskiy xorijlik jurnalistlar bilan uchrashuvda bosqin xavfi yuqori ekanini inkor etmagan, ammo barchani qo‘rquvni kuchaytirmaslikka chaqirgan. «Biz turli ssenariylarga jiddiy tayyorlanmoqdamiz [...] Biz tahdidlarning yuqori darajasiga ham tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Ammo tayyorlanish va tayyorlanayotganimiz haqida har kuni bong urish - turli narsalardir», degan Zelenskiy.
Prezident Ukraina uchun eng katta xavf sifatida ichki beqarorlikni ko‘radi - bunday vaziyat ham Rossiya harakatlari, ham G‘arb siyosatchilarining bayonotlari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Zelenskiy shuning uchun AQSH va Britaniyaning Kiyevdagi elchixonalaridan diplomatlarning oila a’zolari va xodimlarning bir qismini evakuatsiya qilishini xatolik deb hisobladi.
«Ha, buni xato bo‘ldi deb, hisoblayman. Ochig‘ini aytaman. Bu hurmatli davlatlar hukumatlarining xatosi, deyishga haqqim yo‘q. Fikrimcha, bu biz uchun, Ukraina uchun xato.
Bu muhim signal, hamma shunga qarab turibdi. Yevropa Ittifoqining qaysi davlatlari, Britaniya va AQSH qanday munosabat bildirayotganini hamma tushunib turibdi. Men diplomatlar shu yerda bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Ular diplomatiya kapitanlari, kapitanlar esa kemani oxirgi bo‘lib tark etishi kerak. Ukraina esa - «Titanik» emas, Ukraina o‘z yo‘lida davom etadi», - deya ma’lum qilgan Zelenskiy.
Rossiya tomoni bir necha bor Ukrainaga qarshi harbiy agressiya boshlamoqchi emasligini, ammo o‘z xavfsizligini himoya qilishga haqli ekanini aytgan. Shuningdek, Moskva NATO mamlakatlaridan alyans sharq tomon kengaymasligi va Ukraina tashkilot a’zoligiga qabul qilinmasligi bo‘yicha kafolat taqdim etilishini talab qiladi. Ammo AQSH va Shimoliy Atlantika alyansi shu haftada Rossiyaga bu talablar bo‘yicha rasmiy xat yo‘lladi, javobda ochiq eshiklar siyosatiga sodiqligini bildirib, Moskvaning talablarini rad etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!