Foto: «RIA Novosti»
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Olmaota hokimi Bakitjan Sagintayevni lavozimidan ozod etdi, deb xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati. Sagintayev o‘rniga bugunga qadar Qozog‘iston Milliy bankini boshqarib kelgan Yerbolat Dosayev tayinlangan.
Sagintayevning ishdan bo‘shatilishiga «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» deya izoh berilgan. U 2019 yilning iyunidan buyon Olmaota hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. 2000 yillar boshida u Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish va raqobatni himoya qilish agentligida avval rais o‘rinbosari, so‘ngra agentlik rahbari lavozimlarida ishlagan. 2008—2012 yillarda Pavlodar viloyati hokimi, 2012—2014 yillarda savdo va iqtisodiy taraqqiyot vaziri, 2014—2016 yillarda esa bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan. 2016 yilda Qozog‘iston bosh vaziri etib tayinlangandi.
Yerbolat Dosayev Milliy bankni 2019 yil fevralidan buyon boshqarib kelayotgan edi. 2000 yillarda u moliya va sog‘liqni saqlash vaziri, 2010 yillarda iqtisodiyot vaziri lavozimlariga faoliyat yuritgan. 2017 yilning oktabrida Milliy bank boshqaruv kengashi tarkibiga kirgandi.
Yanvar boshida yuzaga kelgan norozilik namoyishlari oqibatida Olmaota eng ko‘p zarani ko‘rgan. Tartibsizliklar natijasida do‘kon va bankomatlar vayron qilingan, shahar hokimligi binosi, prezidentning eeski qarorgohoi va aeroport egallagan. Ayrim binolarda yong‘in chiqqan.
Mamlakatdagi keskinlik munosabati bilan To‘qayev KXSHT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti)ga murojaat qilib, yordam so‘radi. Tashkilot cheklangan muddatga respublikaga tinchlikparvar kontingent yubordi. Shuningdek, To‘qayev tartibsizliklar sabablarini o‘rganuvchi, aybdorlarni aniqlovchi va javobgarlikka tortuvchi tergov guruhini tuzishni buyurdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklar ishtirokchilari xorijda malaka oshirgan.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, maxsus operatsiyalar davomida 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olingan, 26 nafar «qurolli jinoyatchi» o‘ldirilgan, yana 18 nafari yarador qilingan. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar, shuningdek, terrorchilik aktlarini sodir etish bo‘yicha tergov doirasida jinoiy ish qo‘zg‘atdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi