Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonga o‘zbekistonliklarni qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi ishlarga jalb qilishga oid so‘rov yubordi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
2021 yil kuzidan buyon ikki mamlakat o‘rtasida O‘zbekistondan ishchilarni Rossiya qurilishlariga olib kelish bo‘yicha pilot dasturi amal qiladi.
Dekabr oyida Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi respublikaning mingdan ziyod fuqarolarini o‘sha pilot loyiha doirasida agrosanoat majmualari korxonalaridagi ishlarga jalb qilish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlagandi.
“Qurilish vazirligidan tashqari pilot loyihasida Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham ishtirok etadi. Ular rasman bildirishdi (xohish – tahr). Biz hozir ulardan kishilar sonini kutyapmiz” – degan agentlik vakili.
Qayd etilishicha, ishga joylashish uchun fuqarolarga maxsus tibbiyot kartasi lozim bo‘ladi. U oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga kirishga kerak.
“Bu tomonlarini hozir aniqlashtiryapmiz. Kelasi hafta aniq ma’lumot bo‘ladi, fevralda, o‘ylaymanki, bu loyiha ham ishga tushiriladi”, - dedi RIA Novosti suhbatdoshi.
Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi hisob-kitobiga ko‘ra, ishchi kuchlar ko‘proq sabzavotchilik, bog‘dorchilik, parrandachilik, chorvachilik hamda oziq-ovqat va qayta ishlovchi sanoatga kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi