Foto: Reuters
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Germaniyani «Rossiyaning asiri» deb atadi.
«To‘g‘risini aytsam, Germaniya NATOni parokanda qilmoqda. Bu mamlakat —rostdan ham Rossiyaning asiri. Bunga hech qanday shubha yo‘q», — dedi u Fox Business telekanali efirida.
Tramp shuningdek, Germaniya kansleri Olaf Sholsni ham tanqid qildi. Uning fikricha, Shols AQSH prezidenti Jo Bayden bilan qo‘shma matbuot anjumanida o‘zini nomunosib tutgan.
Oq uy rahbari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi «Shimoliy oqim– 2»ning tugashi bo‘lishini aytganida, Shols «Baydenga xuddi «Nima haqida gapiryapsan?» degandek qaradi. U bu mavzuda hech narsa demadi», deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Olaf Shols vazifasiga kirishganidan buyon AQSHga bordi. U AQSH yetakchisi Jo Bayden bilan Ukraina atrofidagi voqealar keskinlashib ketayotganini muhokama qildi. Muzokaralardan so‘ng, o‘tkazilgan matbuot anjumanida Shols Rossiyaga qarshi keskin gaplar aytishdan o‘zini tiydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"