
Foto: Reuters
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan Ukraina chegarasi va Qrimdagi harakatlari bo‘yicha batafsil izoh berishni talab qildi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Twitter sahifasida ma’lum qildi.
«Vena hujjatiga ko‘ra, Rossiya harbiy harakatlarining maqsadi, aniq o‘rni va yakunlanish muddati hamda harbiylari va texnikalari soni haqida batafsil ma’lumot taqdim etishi shart», — deyiladi xabarda.
Kulebaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada javob taqdim etish uchun 24 soat vaqt bor.
«Javob qaytarilmasa yoki yetarlicha ma’lumot taqdim etilmasa, Ukraina Rossiya va Vena hujjatining boshqa ishtirokchilariga favqulodda uchrashuv chaqirish to‘g‘risida murojaat qiladi, unda Rossiya tushuntirish beradi», — deya qo‘shimcha qildi.
Vazirning ta’kidlashicha, Ukraina «barcha diplomatik imkoniyatlardan» foydalangan holda o‘z xavfsizligini ta’minlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.