08:23 / 14.02.2022
1 363

«Rossiya Ukrainaga aynan qaysi sanada hujum boshlashini oldindan aytolmaymiz» — Baydenning yordamchisi

«Rossiya Ukrainaga aynan qaysi sanada hujum boshlashini oldindan aytolmaymiz» — Baydenning yordamchisi
Foto: Getty Images
AQSH rasmiylari Rossiya kelasi haftaning istalgan kuni Ukrainaga bostirib kirishi mumkin, deb hisoblaydi, ammo hujumning aniq sanasini bilmaydi. Bu haqda CNN telekanalida AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan aytib o‘tdi.

«Aniq sanani bashorat qila olmaymiz, lekin avval aytib o‘tganimizdek, biz Rossiyaning Ukrainadagi keng miqyosli harbiy amaliyotlari istalgan vaqtda boshlanishi mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ida turibmiz», — dedi Sallivan hujum 16 fevralda boshlanadimi, degan savolga javoban.

Avvalroq Politico manbalari aynan 16 fevral sanasini AQSH prezidenti Jo Bayden NATOdagi ittifoqchilariga Rossiya agressiyasi boshlanishining norasmiy sanasi sifatida ko‘rsatgani haqida xabar bergandi.

Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina atrofidagi mojaroning kuchayishi Pekin Olimpiadasi yakuniga qadar ham, undan keyin ham sodir bo‘lishi mumkin (o‘yinlar 20 fevralda tugaydi). Bundan tashqari, Baydenning maslahatchisi Rossiya diplomatik yo‘lni tanlashi mumkinligini ham taxmin qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSH o‘z razvedka ma’lumotlarini mazkur ehtimoliy urushni boshlash uchun emas, balki to‘xtatish uchun tarqatmoqda.

11 fevral kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya Ukrainaga istalgan vaqtda hujum qilishi mumkinligini, chunki Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z chegaralari yaqinida yetarlicha qo‘shin to‘plaganini aytgandi. Bunga javoban Moskva Vashingtonni vaziyatni oshirib yuborgani va bila turib yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun qoraladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Rossiya Ukrainaga aynan qaysi sanada hujum boshlashini oldindan aytolmaymiz» — Baydenning yordamchisi