11:19 / 14.02.2022
1 170

Pentagon AQSH askarlari Ukrainada jang qilmasligini tasdiqladi

Pentagon AQSH askarlari Ukrainada jang qilmasligini tasdiqladi
Foto: AP Photo
Amerika harbiylari Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etmaydi. Bu haqda Pentagon vakili Jon Kirbi MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Interfaks».

«AQSH prezidenti Jo Bayden amerikalik harbiylar Ukrainada jangga kirishmasligi bo‘yicha aniq ko‘rsatma berdi», — deydi u.

Kirbining qo‘shimcha qilishicha, Amerika harbiy kontingentidan Ukrainadagi AQSH fuqarolarini evakuatsiya qilishda foydalanish «hisob-kitoblardagi xatolik xavfini hamda Rossiya va Amerika harbiy kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuv ehtimolini oshiradi». Uning ta’kidlashicha, bu Ukrainadagi vaziyatni yangi darajaga olib chiqishi mumkin.

Fevral boshlarida Kirbi amerikalik harbiylar Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi, ularning maqsadi — «NATO bo‘yicha ittifoqchilarning mudofaasini qo‘llab-quvvatlash».

11 fevral kuni prezidenti Jo Bayden amerikalik harbiylar hech qanaqa holatda ham fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun Ukrainaga yuborilmasligini ma’lum qilgandi. «Agarda amerikaliklar va ruslar bir-biriga qarata o‘t ochsa, bu jahon urushi bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qilgandi prezident.

12 fevral kuni Vashington Ukraina Qurolli kuchlaridagi askarlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan 150 nafarga yaqin amerikalik harbiy uyga qaytarish bo‘yicha buyruq bergan. «Shaxsiy tarkibimizning xavfsizligi va himoyasi — birinchi darajali tashvish. Biz avvalgidek Ukraina Qurolli kuchlari bilan munosabatlarimizga sodiqmiz», — degandi Kirbi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon AQSH askarlari Ukrainada jang qilmasligini tasdiqladi