19:20 / 14.02.2022
1 346

Messi Kadisda mehmonxona sotib oldi va u yerdagi 40 nafar xodimni ishdan bo‘shatdi

Messi Kadisda mehmonxona sotib oldi va u yerdagi 40 nafar xodimni ishdan bo‘shatdi
Foto: «Booking.com»
«PSJ» hujumchisi Lionel Messining mehmonxona biznesi boshqaruvidagi uslubi tanqid qilindi. Argentinalik futbolchining MIM Hotels group holdingi Andalusiyadagi Kadis provinsiyasida joylashgan mehmonxonani sotib oldi. Shundan so‘ng mehmonxonaning 40 nafar xodimi ishdan bo‘shatildi. Kompaniyaning bu qarori noroziliklarga sabab bo‘ldi.

«Mehmonxonaning sodiq mijozlari bor, 20 yildan ortiq vaqt mobaynida bu yerda yozni o‘tkazadigan oilalar mavjud. Ajoyib professionallarni, mening panohimdagi erkak va ayollarni ishdan bo‘shatilishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

25—30 yillik tajribaga ega xodimlar bor edi. Mehmonxonaning yangi rahbariyati tomonidan ularga yetkazilgan ilk xabar ishdan bo‘shatilgani haqida bo‘ldi
», — deydi San-Roke (Kadis provinsiyasi tarkibiga kiradi) munisipaliteti rahbari Karlos Ruis Boish.

Bu Messining mazkur biznesdagi oltinchi mehmonxonasi hisoblanadi. Bundan avval Leo Ispaniyadagi eng yirik tog‘-chang‘i kurorti Bakeyra Beretda joylashgan mehmonxonasini ishga tushirgandi. Futbolchining boshqa mehmonxonalari Sijes (Kataloniya), Mayorka, Ibitsa va Andorrada joylashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Messi Kadisda mehmonxona sotib oldi va u yerdagi 40 nafar xodimni ishdan bo‘shatdi