23:36 / 14.02.2022
2 107

Ramzon Qodirov Zelenskiyga murojaat bilan chiqdi: “Masxarabozlik qilish vaqti tugadi”

Ramzon Qodirov Zelenskiyga murojaat bilan chiqdi: “Masxarabozlik qilish vaqti tugadi”
Foto: Getty Images
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va ukrainaliklarga murojaat bilan chiqdi.

«Janob Zelenskiy! Masxarabozlik qilish vaqti tugadi. Nojo‘ya oqibatlarning oldini olish uchun o‘z xalqingiz oldidagi burchingizni bajarish vaqti keldi. Ya’ni nafaqat Rossiya prezidenti, balki Ukraina prezidentining ham imzosi turgan Minsk kelishuvlarini bajarish zarurati hech qachon bugungichalik bo‘lmagan», — deb yozdi u Telegram-kanalida.

U Minsk kelishuvlaridagi moddalarni og‘ishmasdan bajarish nafaqat Moskva va Kiyev o‘rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etishi, balki umumiy keskinlikni pasaytirishini bildirdi.

U shuningdek, Zelenskiyni konstitutsiya va o‘z xalqi xavfsizligining kafolati sifatida tinchlik o‘rnatish va qon to‘kishdan qochish uchun unga bog‘liq bo‘lgan barcha ishni amalga oshirishga chaqirdi.

Qodirov ukrainaliklarga ham murojaat qilib, ukrain xalqi va Ukrainani sevishini ta’kidlagan. Checheniston rahbari ukrain xalqi tarixiy adolatni tashqarining yordamisiz tiklay olishiga umid bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzon Qodirov Zelenskiyga murojaat bilan chiqdi: “Masxarabozlik qilish vaqti tugadi”