Jared Ayzekman (chapda).
Foto: «The Verge»
Amerikalik milliarder Jared Ayzekman «SpaceX» kemasida fazoga uchib, ilk fuqarolik ekipaji rahbari bo‘lgandi. Ayzekman yana uchta missiyada qatnashishi haqida «The Verge» xabar berdi.
«Polaris» nomi ostidagi ushbu missiyalarda yanada uzoq masofali fazoviy parvozlar ko‘zda tutilgan.
Ayzekman sotib olgan chiptalarning ikkitasi «SpaceX Crew Dragon» kemasi uchun. Bu parvozlarda milliarder Yerning yuqori orbitalariga safar qiladi. U bilan birga «SpaceX»ning ikki xodimi va AQSH harbiy-havo kuchlarining bir nafar sobiq uchuvchisi parvoz qiladi.
Parvoz muvaffaqiyatli o‘tsa, «SpaceX Crew Dragon» odamlarni orbitaning eng yuqori nuqtasiga olib chiqish bo‘yicha yangi natija qayd etadi. «Crew Dragon» shu paytgacha Yerning quyi orbitalarigacha borib kelgan.
Missiyaning so‘nggi bosqichi — «SpaceX»ning inson boshqaradigan birinchi kemasi «Starship»ga start berilishi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda