11:07 / 17.02.2022
1 347

Donetsk va Lugansk mustaqilligini tan olish Minsk kelishuvlarini buzadi — Kreml

Donetsk va Lugansk mustaqilligini tan olish Minsk kelishuvlarini buzadi — Kreml
Foto: Getty Images
Kreml o‘zini o‘zi mustaqil deya e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining tan olinishi Minsk kelishuvlarini buzadi degan fikrga qo‘shiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

«Albatta, tan olinishi Minsk kelishuvlariga mos kelmaydi. Bu rostdan ham shunday», — deydi Peskov.

U Vladimir Putin uchun Donbassdagi vaziyatni tartibga solishdagi asosiy vazifa «Minsk chora-tadbirlar paketini amalga oshirish» ekanini eslatib o‘tgan.

Shu bilan birga, u Kiyevning Donetsk va Lugansk aholisiga Rossiya pasportlarining berilishi kelishuvlarni buzadi degan ta’nalarini rad etgan. «Ushbu amaliyot Minsk kelishuvlarini buzish hisoblanmaydi, shunchaki mazkur qisqa va yetarlicha aniq matnni bir marta o‘qib chiqish kifoya. Shu sababli ushbu ayblovlar asossiz», — deydi Peskov.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Donbass aholisiga «gumanitar sabablarga ko‘ra» — «ularni o‘z vatani rad etgani uchun» pasport bermoqda.

19 yanvar kuni mamlakatdagi Kommunistik partiya deputatlarining bir guruhi Putindan Donetsk va Luganskni tan olish borasidagi iltimos bilan murojaatni Rossiya Davlat dumasiga kiritgandi. Rossiya Davlat dumasi 15 fevral kuni murojaatni prezidentga yuborishga qaror qilgan. Putin hujjatni izohlar ekan, Donbassdagi muammoni hal etish uchun barcha zarur ishlarni qilish kerakligini, «biroq bularning barchasini, birinchi navbatda Minsk kelishuvlarini amalga oshirish imkoniyatlaridan kelib chiqib bajarish» lozimligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donetsk va Lugansk mustaqilligini tan olish Minsk kelishuvlarini buzadi — Kreml