Amerikalik milliarder Charli Manger kriptovalyutalarni «kalamush zahari» deb atadi

Amerikalik milliarder Charli Manger kriptovalyutalarni «kalamush zahari» deb atadi
Foto: Bloomberg
Investor Uorren Baffetning ko‘p yillik hamkori Charli Manger kriptovalyutalarni taqiqlashga chaqirib, Xitoyni unga bo‘lgan keskin cheklovlar uchun maqtadi. Bu haqda «Forbes.ru» xabar bermoqda.

Berkshire Hathaway kompaniyasi vitse-prezidenti Charli Manger bitkoinni bozorga kerak bo‘lmagan «kalamush zahari» deb hisoblashini aytib o‘tdi. Forbes nashrining so‘ngi ma’lumotlariga ko‘ra, Mangerning umumiy boyligi — 2,4 mlrd dollar.

- Men buni zudlik bilan taqiqlashni istardim. Xitoyliklar buni allaqachon qilganiga qoyil qolaman, — deydi milliarder.

Manger uzoq vaqtdan beri sud va adliya idoralarini dasturiy ta’minot bilan ta’minlovchi, gazeta va jurnallar nashr etuvchi Daily Journal direktorlar kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

- Biz sarmoya kiritayotgan kompaniyalar raqobatchilarimizga qaraganda kuchliroq va arzonroq. Shuning uchun biz Xitoydamiz, — dedi Manger.

Daily Journal yaqinda Xitoyning Alibaba kompaniyasidagi ulushini oshirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar