08:23 / 18.02.2022
1 163

Putin qonunbuzar-migrantlarni zudlik bilan Rossiyadan chiqarib yuborishni talab qildi

Putin qonunbuzar-migrantlarni zudlik bilan Rossiyadan chiqarib yuborishni talab qildi
Noqonuniy migrantlar va Rossiya qonunlarini buzganlarga nisbatan eng qattiq choralar ko‘rilishi, jumladan, Rossiyadan chiqarib yuborish va mamlakatga kirishni taqiqlash kerak, dedi Vladimir Putin.

Ekstremizmning har qanday ko‘rinishlari, huquq-tartibotni buzish va noqonuniy mehnat faoliyati Rossiyadan chiqarib yuborish va kelajakda mamlakatimizga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorlarni tezda qabul qilish va ijro etish uchun asos bo‘lishi kerak”, — dedi Putin IIV hay’at yig‘ilishida.

Noqonuniy migratsiya asosida o‘z jinoiy biznesini qurayotgan jinoiy guruhlarga ham og‘ir oqibatlar bo‘lishi kerak”, deb qo‘shimcha qildi prezident.

2021 yil 31 yanvardan prezident tomonidan kiritilgan xorijliklarning huquqiy holatini tartibga solish imkonini beruvchi vaqtinchalik choralar o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab noqonuniy mehnat migrantlari nafaqat besh ming rublgacha jarimaga tortilishi, shuningdek, Rossiyadan chiqarib yuborilishi, mamlakatga qayta kirishiga ham cheklov kiritilishi mumkin. Qonunni buzgan ish beruvchilar har bir migrant uchun 800 ming rublgacha jarimaga tortiladi.

Ichki ishlar vazirligi Rossiyada ishlash uchun hujjatlari bo‘lmagan xorijliklarga oldindan ichki ishlar organlariga murojaat qilishni tavsiya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin qonunbuzar-migrantlarni zudlik bilan Rossiyadan chiqarib yuborishni talab qildi