Foto: Valentin Sprinchak / TASS
O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi Leonid Pasechnik respublika hududida umumiy safarbarlik o‘tkazilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
"Lugansk xalq respublikasi hududida umumiy safarbarlik e’lon qilinsin", - deyiladi farmonda.
Hujjatda qayd etilishicha, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning LXR hududini tark etishi taqiqlanadi.
Bundan tashqari, farmon bilan davlat ijroiya organlari korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarning transport vositalari va “mudofaa ehtiyojlari uchun zarur” boshqa mulklarini olib qo‘yish vakolatiga ega bo‘ldi.
Avvalroq Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilgandi.
"Zaxiradagi yurtdoshlarimizni harbiy komissariatlarga kelishga chaqiraman. Bugun umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladim", - dedi Pushilin DXR aholisiga yo‘llagan videomurojaatida.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalari “Ukraina tomondan hujum xavfi” tufayli aholi Rossiyaga ommaviy evakuatsiya qilinishini ma’lum qildi. DXR va LXR nazorati ostidagi hududlardan odamlarni qo‘shni Rostov oblastiga ko‘chirish boshlandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga Donbassdagi respublikalardan Rostovga kelayotgan qochqinlarning har biriga 10 ming rubldan to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma bergan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?