10:55 / 22.02.2022
1 375

Putin rossiyalik harbiylarga DXR va LXRda tinchlikni ta’minlashni buyurdi

Putin rossiyalik harbiylarga DXR va LXRda tinchlikni ta’minlashni buyurdi
Foto: «Kremlin.ru»
Rossiyalik harbiylar DXR va LXR hududlarida tinchlik saqlanishini ta’minlaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning huquqiy axborot portalida e’lon qilingan respublikalar mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarida keltirilgan, deb xabar beradi «RBK».

Farmonlarga ko‘ra, harbiylar ushbu funksiyalarni do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam shartnomalari tuzilgunga qadar bajaradi.

«Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu farmonning 3-bandida ko‘rsatilgan shartnoma tuzilgunga qadar Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Donetsk Xalq Respublikasi hududida tinchlikparvarlik funksiyalarini bajarishni ta’minlasin», — deyiladi DXRning tan olinishi bo‘yicha imzolangan farmonda. Xuddi shu kabi jumla LXRning tan olinishi to‘g‘risidagi farmonda ham keltirilgan.

Farmonlarda respublikalar suvereniteti va mustaqilligini tan olishdan tashqari, Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga «Donetsk tomoni» va «Lugansk tomoni» bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatish uchun muzokaralar o‘tkazish vazifasi yuklangan.

Shuningdek, Rossiya diplomatik idorasiga manfaatdor ijro hokimiyati organlari ishtirokida DXR va LXR bilan do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha muzokaralar olib borish topshirilgan.

Putin 21 fevral kuni DXR va LXR mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Hujjatlarga, shuningdek, respublikalar yetakchilari Denis Pushulin va Leonid Pasechnik imzo qo‘ygan. Bundan oldin Putin murojaat bilan chiqib, Donbassdagi vaziyat keskin tus olganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u Ukrainani «qo‘g‘irchoq rejimga ega mustamlaka» deb atagan va rasmiylarni aholini russizlashtirish hamda fuqarolarga nisbatan repressiyalarda ayblagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin rossiyalik harbiylarga DXR va LXRda tinchlikni ta’minlashni buyurdi