Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari mustaqilligini tan olish haqidagi qaroridan so‘ng ukrainaliklarga murojaat qildi.
- Tarixdan olib uzoq ma’ruza qilishga vaqtimiz yo‘q – o‘tmishdan gapirmayman, bugun va kelajak haqida gapiraman. Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari avvalgidek qoladi. Xotirjamlik va o‘zimizga ishonchni saqlaymiz. Uyqusiz tun uchun hech qanday sabab yo‘q. Rossiyaning oxirgi harakatlari mamlakatimiz suverenitetini buzish bo‘ldi; Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish Rossiyaning Minsk kelishuvlaridan bir tomonlama chiqib ketishini anglatadi. Rossiya bugungi harakatlari bilan aslida 2014 yildan beri Donbassda bo‘lib turgan qo‘shinlarini qonuniylashtirmoqda. Buyog‘iga nima bo‘ladi?
Biz tinchlik istaymiz va harakatlarimizda izchilmiz. Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, ‘Normand to‘rtligi’ning favqulodda yig‘ilishlarini o‘tkazishni talab qildik. Kim bizning do‘stimiz va hamkorimiz ekanini, kim Rossiyani faqat so‘z bilan qo‘rqitishda davom etishini tushunib olamiz.
Ukraina shaxsiy va jamoaviy mudofaa huquqini o‘zida saqlab qoladi. Endi tartibsiz harakatlar uchun hech qanday sabab yo‘q. Biz tinch yo‘ldan yuramiz, ortimizdan esa haqiqat ergashadi. Biz hech narsadan va hech kimdan qo‘rqmaymiz, hech kimga hech narsa bermaymiz. Hozir 2014 yilning fevral emas, 2022 yilning fevrali. Bizda boshqa davlat, boshqa armiya bor. Bizning maqsadimiz — Ukrainadagi tinchlik, — deya nutqini yakunladi Ukraina prezidenti.
22 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari mustaqilligini tan oldi. DXR hamda LXR rahbarlari Pasenchik va Pushilin ham Rossiya bilan munosabatlar to‘g‘risidagi kelishuvlarni tasdiqladi.
Shundan so‘ng AQSH prezidenti Jo Bayden DXR va LXRga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmonda ta’kidlanishicha, Moskva tomonidan respublikalarning tan olinishi «Rossiyaning Minsk kelishuvlarida belgilangan majburiyatlariga» mos kelmaydi, shuningdek, Ukraina suvereniteti, barqarorligi va tinchligiga tahdid uyg‘otadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi