Foto: Tengrinews.kz
Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng O‘zbekistonning 14 nafar fuqarosi qo‘lga olingan va hamon hibsda qolmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha ombudsmani Elvira Azimovaga asoslanib, Tengrinews xabar berdi.
«Ayni vaqtda ommaviy tartibsizliklar sabab hibsga olingan va tergov izolatorlarida 18 nafar xorij fuqarosi saqlanmoqda. Ularning 14 nafari — O‘zbekiston, ikki nafari — Rossiya, qolgan ikki nafari esa Qirg‘iziston fuqarosidir», degan ombudsman.
U hibsga olinganlar saqlanayotgan yopiq muassasalar monitoringini ham e’lon qilgan. Unga ko‘ra, dastlabki kunlarda vaqtinchalik saqlash izolatorlari va qo‘lga olinganlar yetkazilgan qo‘shimcha binolarda hibsga olinganlar ko‘pligi tufayli ichimlik suvi va oziq-ovqatdan o‘z vaqtida foydalana olmaslik holatlari bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan, keyinroq vaziyat yaxshilangan.
O‘zbekiston TIV rasmiysi xabar berishicha, O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi Qozog‘iston TIViga nota yuborgan.
«Ushbu xabarga oydinlik kiritish uchun O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga hibsga olingan O‘zbekiston fuqarolari, ular saqlanayotgan joylar, javobgarlikka tortilish sabablari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish hamda O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun konsullik uchrashuvini tashkil etishni so‘rab tegishli nota yubordi», deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning Nur-Sultondagi elchixonasi, shuningdek, Olma-ota va Aqtau shaharlaridagi Bosh konsulxonalar Qozog‘iston huquq-tartibot idoralarining joylardagi vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turgani qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi