07:00 / 23.02.2022
993

Oq uy rasmiylari Rossiyaning harakatlarini Ukrainaga bostirib kirish deb atadi

Oq uy rasmiylari Rossiyaning harakatlarini Ukrainaga bostirib kirish deb atadi
Foto: Getty Images
Oq uy Rossiyaning so‘nggi kunlardagi harakatlarini Ukrainaga bostirib kirishning boshlanishi deb hisoblamoqda. Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Jonatan Fayner ma’lum qilgan, deb yozmoqda Politico.

Rossiya 21 fevral kuni Donetsk hamda Lugansk Xalq Respublikalarining mustaqilligini tan olgandi.

«Bizningcha bu – Rossiyaning Ukrainaga qilgan yangi bosqinining boshlanishi», — degan Fayner CNN efirida.

Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenko 22 fevral kuni mamlakatning XXR yoki LXRga qo‘shin kiritmoqchi emasligini. Uning so‘zlariga ko‘ra respublikalar bilan imzolangan kelishuvlarda harbiy yordam ko‘zda tutilgan, biroq ushbu mavzuga boshqacha yondashish noto‘g‘ri: «Hozircha hech kim hech qayerga qo‘shin kiritmoqchi emas», – degan Rossiya TIV vakili.

Ushbu respublikalar hududiga Rossiya harbiy bazalarini joylashtirish haqida gap-so‘zlar yo‘q, degan Rudenko. Shuningdek, diplomat zaruratga ko‘ra, ya’ni agar vaziyat shuni taqozo etsa, DXR va LXR bilan tuzilgan kelishuvlar doirasida harbiy ko‘mak masalasi yana qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 fevralda Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan olish haqidagi hujjatlarni, shuningdek ushbu davlatlar bilan hamkorlik va do‘stlik to‘g‘risidagi kelishuvlarni imzolagan. 22 fevralda Donbassdagi respublikalarning parlamentlari, Rossiya davlat dumasi va Federatsiya kengashi ushbu hujjatlarni ratifikatsiya qilgan.

Kelishuvlarga muvofiq Rossiya DXR va LXR bilan suverenitetni himoya qilish, ikki tomonlama xavfsizlikni ta’minlash, zo‘ravonlik harakatlariga qarshilik ko‘rsatish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik qiladi. Hujjatlarda tomonlarning harbiy kuchlar hamda harbiy infratuzilmadan foydalanishga ruxsat etilishi qayd qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy rasmiylari Rossiyaning harakatlarini Ukrainaga bostirib kirish deb atadi