09:19 / 23.02.2022
1 852

Navalniy DXR va LXR mustaqilligining Rossiya tomonidan tan olinganini nimaga qiyosladi?

Navalniy DXR va LXR mustaqilligining Rossiya tomonidan tan olinganini nimaga qiyosladi?
Foto: «RIA Novosti»
Rossiyalik muxolifat siyosatchisi Aleksey Navalniy Vladimir Putinning Donetsk hamda Lugansk Xalq Respublikalari mustaqilligini tan olish haqidagi qarori yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Navalniy bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida post qoldirgan.

- "Kecha Rossiya Xavfsizlik kengashining yig‘ilishini ko‘rdim, bu o‘g‘rilar va bir gala keksaygan chollar majlisi… Men uni tomosha qilib KPSS markaziy qo‘mitasining bir to‘da nomenklatura qariyalarining o‘zlarini buyuk shaxmat taxtasida geosiyosatchi deb hisoblab Sovet armiyasining Afg‘onistondan chiqarish haqida qaror qabul qilganini esladim", - dedi Aleksey Navalniy.

«O‘sha vaqtdagi SSSR vakillari hamda hozirgi Rossiya rahbarlariga faqat bir narsa: Rossiya xalqining diqqatini real muammolardan — iqtisodiyotning rivojlanishi, narxlarning oshishi, qonunsizlikning avjiga chiqqanidan chalg‘itish kerak», – deya qo‘shimcha qilgan Navalniy.

Shuningdek, Navalniy Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan keyin Putinning Rossiya xalqiga murojaat qilganini ahmoqona harakat deb atagan.

- "Uning nutqida aytilgan «Ukraina» so‘zini «Qozog‘iston», «Belarus», «Boltiqbo‘yi mamlakatlari», «Ozarbayjon»ga yoki boshqa mamlakat nomiga, xususan, «Finlyandiya»ga almashtirib ko‘ring. Keyin qariyaning geosiyosiy mulohazalari qayerga olib borishini o‘ylang.

Afg‘onistondan SSSR qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi ittifoq zarariga ishlagan, Ukrainaga nisbatan zo‘ravonlik esa Rossiya uchun yomon oqibatlarni yuzaga keltiradi.

Afg‘oniston parchalanib ketgan, biroq SSSR ham o‘ta og‘ir jarohat olgandi. Putin tufayli ayni kunlarda minglab odamlar o‘lishi, keyinchalik esa — o‘n minglab ukrainaliklar hamda Rossiya fuqarolari halok bo‘lishi mumkin. Ha u Ukrainaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, mamlakatni botqoqqa cho‘ktirishga urinadi, ammo Rossiya ushbu harakatlar uchun badal to‘laydi… Rossiya uchun kurashish, uni qutqarish zarur, Putinni va uning o‘g‘ri sheriklarini hokimiyatdan chetlatish shart. Bu hozirning o‘zida tinchlik uchun mardonavor kurashishni anglatadi
", - deydi Aleksey Navalniy.

Putin 21 fevral kuni DXR va LXR mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Hujjatlarga, shuningdek, respublikalar yetakchilari Denis Pushulin va Leonid Pasechnik imzo qo‘ygan. Bundan oldin Putin murojaat bilan chiqib, Donetskdagi vaziyat keskin tus olganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u Ukrainani «qo‘g‘irchoq rejimga ega mustamlaka» deb atagan va rasmiylarni aholini russizlashtirish hamda fuqarolarga nisbatan repressiyalarda ayblagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Navalniy DXR va LXR mustaqilligining Rossiya tomonidan tan olinganini nimaga qiyosladi?