Foto: «UNIAN»
24 fevral kuni erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma ob’ektlariga raketa hujumlari uyushtirildi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko Facebook’da ma’lum qildi.
«Bosqin boshlandi. Hozirgina Kiyev, Xarkov, Dneprdagi harbiy boshqaruv markazlari, aerodromlar, harbiy omborlarga raketa zarbalari berildi. Chegara artilleriyadan o‘qqa tutilmoqda. Bugundan boshlab dunyoda yangi geosiyosiy voqelik vujudga keldi. Yo Ukraina va dunyo yangi Gitlerni hoziroq to‘xtatadi, yoki Uchinchi jahon urushi bo‘ladi», — deb yozgan u.
Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Rossiya qo‘shinlari Xarkov yaqinida Ukraina chegarasini kesib o‘tgan. Shuningdek, Mariupol va Odessaga Rossiya desant qo‘shinlarining tashlangani haqida ham xabar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi