09:30 / 25.02.2022
1 463

«Putin — zo‘ravon va u SSSRni qayta tiklamoqchi» — Jo Bayden

«Putin — zo‘ravon va u SSSRni qayta tiklamoqchi» — Jo Bayden
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina atrofida yuz berayotgan voqea-hodisalar tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘lladi va keskin vaziyat yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Bu haqda CNN xabar bergan.

Jo Bayden Yevropadagi harbiy havo kuchlari va quruqlikdagi qo‘shinni ittifoqdoshlar sharqiy qanotiga kengaytirishga ruxsat bergani, AQSHning NATOni himoya qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u Amerika qo‘shinlari Ukrainadagi urushda qatnashish uchun Yevropaga ketmayotganligini tushuntirdi.

«O‘tgan yili Ukrainaga 650 million dollar miqdorida mudofaa yordami ko‘rsatganmiz. Bizning harbiy kuchlar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizoda ishtirok etmayapti, kelgusida ham uning ishtirokchisi bo‘lmaydi, harbiylarimiz Yevropaga Ukrainada jang qilish uchun emas, balki NATOdagi ittifoqdoshlarini himoyalash uchun jo‘natilmoqda», — degan AQSH prezidenti.

Bayden Rossiyaning Ukrainaga hujumi uchun mas’uliyat Vladimir Putinning zimmasida ekani, Rossiya ushbu harbiy operatsiya uchun jiddiy zarbalar qabul qilib olishi haqida gapirdi.

«Putin — zo‘ravon. Putin urush yo‘lini tanladi. Endi uni va Rossiyani ushbu harakat uchun jiddiy oqibatlar kutib turibdi», — deydi Bayden.

Jo Bayden Rossiya prezidentining Sobiq ittifoqni qayta tiklash niyatida ekanligi haqida ham o‘z mulohazalarini bildirgan.
«Putin Ukrainadan ham jiddiyroq maqsadlarni ko‘zlagan. U Sobiq ittifoqni tiklashni niyat qilgan. Mana shu eng asosiy masala», — degan AQSH davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Putin — zo‘ravon va u SSSRni qayta tiklamoqchi» — Jo Bayden