17:28 / 25.02.2022
796

Kanada Putinning atrofidagilar va Rossiyaning 27 ta moliyaviy institutiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Kanada Putinning atrofidagilar va Rossiyaning 27 ta moliyaviy institutiga qarshi sanksiyalar kiritdi
Foto: Getty Images
Kanada Ukraina inqirozi sabab Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etishini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat hukumatining saytida e’lon qilingan hujjatda so‘z boradi.

«Yangi tuzatishlar bilan prezident Putinga yaqin doiraga kiruvchi 31 kishiga, ularning yaqinlariga va Kanada sanksiyalari qo‘llangan ayrim shaxslarning oila a’zolariga hamda 27 ta asosiy moliya institutga nisbatan cheklovlar joriy etildi», — deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, hujjatda ta’kidlanishicha, tuzatishlar Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarining mustaqilligini tan olishni yoqlab ovoz bergan Rossiya Davlat dumasining 351 a’zosini ham o‘z ichiga oladi.

E’lon qilingan hujjatga muvofiq, sanksiyalar «Sberbank» rahbari German Gref, «VEB.RF» raisi Igor Shuvalov, biznesmen Yevgeniy Prigojin va aka-uka Rotenberglarning farzandlariga nisbatan qo‘llanadi.

Shu bilan birga, mamlakat Markaziy banki, «Sberbank», «VTB», «Alfa-bank», «Sovkombank», «Rusgidro», «Rostex», «Roskomflot», «Rossiya temir yo‘llari», «Transneft», «Gazprom», «Rostelekom», «Alros», «OAK», «Taktik raketa qurollanishi» korporatsiyasi, «Gazproneft», «Transneft» va Moliya vazirligiga qarshi sanksiyalar joriy etilgan.

Shuningdek, to‘rt nafar Ukraina fuqarosi ham sanksiyalarga uchragan — Taras Kozak, Vladimir Oleynik, Oleg Voloshin va Vladimir Sivkovich.

23 fevralda AQSH Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olgani uchun unga qarshi sanksiyalar joriy qilgan. Rossiya rivojlanish davlat korporatsiyasi va Promsvyazbank, ularning sho‘’ba tuzilmalari (SSKA futbol klubi ham) va rossiyalik yuqori lavozimdagi amaldorlarning uch o‘g‘li sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan.

Bundan tashqari, LXR va DXR mustaqilligini tan olgan Rossiyaga qarshi Yevropa ittifoqi, Avstraliya, Kanada, Yaponiya kabi davlatlar ham sanksiyalar joriy etgan. DXR hamda LXR mustaqilligini tan olish uchun ovoz bergan Davlat dumasining 351 nafar deputatiga ham Yevropada cheklovlar belgilangan. YI Rossiya mafkurasi targ‘ibotchilari, harbiylar va boshqa amaldorlarga ham sanksiyalar qo‘llagan.

24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Buyuk Britaniya mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llagan, xususan «Aeroflot» kompaniyasining qirollik hududiga parvozlarini taqiqlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanada Putinning atrofidagilar va Rossiyaning 27 ta moliyaviy institutiga qarshi sanksiyalar kiritdi