12:10 / 25.02.2022
896

Ukrainaga bosqinning birinchi kunida rossiyalik eng boy tadbirkorlar 39 milliard dollar yo‘qotishdi

Ukrainaga bosqinning birinchi kunida rossiyalik eng boy tadbirkorlar 39 milliard dollar yo‘qotishdi
Vagit Alekperov
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi birinchi kunida rossiyalik eng badavlat biznes vakillarining boyligi 39 milliard dollarga kamaydi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

«Qashshoqlashgan» milliarderlar ro‘yxatini LUKOIL prezidenti Vagit Alekperov boshqarib turibdi. Uning boyligi bir sutka ichida qariyb 6,2 milliard dollarga kamayib, 13 milliard dollarni tashkil etgan.

Bloomberg indeksida eng boy rossiyalik sifatida qayd etilgan Norilsk Nikel prezidenti Vladimir Potanin qariyb 3 milliard dollar yo‘qotgan. (Uning boyligi 26,1 milliard dollargacha kamaygan). Severstal direktorlar kengashi rahbari Aleksey Mordashovning zarari esa 4,2 milliard dollarni tashkil qilgan va umumiy boyligi 23 milliard dollargacha kamaygani qayd etilgan.

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov 1,2 mlrd dollar, Iskandar Mahmudov esa 900 mln dollar yo‘qotgan.

Shuningdek, 2022 yil boshidan beri Alekperov va Timchenkoning har biri 10 milliard dollar yoki umumiy boyliklarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotgan. Bu barcha rossiyalik milliarderlar orasida eng katta yo‘qotish hisoblanadi, deya ta’kidlamoqda Bloomberg.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 2021 yil oxirida 375 milliard dollarga baholangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainaga bosqinning birinchi kunida rossiyalik eng boy tadbirkorlar 39 milliard dollar yo‘qotishdi