
Foto: «Sport24.ua»
Kiyev meri Vitaliy Klichko shaharda komendantlik soatini e’lon qildi. Komendantlik soati kechki soat 17:00 dan ertalabki 8:00 gacha davom etadi. Shu soatlar oralig‘ida ko‘chada yurganlarni Klichko dushmanning qo‘poruvchilik-razvedka guruhlari a’zolari, deb hisoblashni taklif qildi.
«Poytaxtni samaraliroq mudofaa qilish va uning aholisi xavfsizligi uchun bugun, 2022 yilning 26 fevralidan, soat 17:00 dan 8:00 gacha komendantlik soati joriy etiladi» — dedi Klichko Telegram orqali murojaatida.
U shaharliklarni «vaziyatni tushungan holda» qabul qilishga chaqirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar