15:00 / 27.02.2022
1 149

Shimoliy Koreya raketasi 300 km masofani bosib o‘tdi

Shimoliy Koreya raketasi 300 km masofani bosib o‘tdi
Foto: «Global Look Press»
Yaponiya mudofaa vazirligi bugun, 27 fevral kuni KXDR ballistik raketani uchirgani haqida ma’lum qildi. U deyarli 300 km masofani bosib o‘tib, Yapon dengiziga qulagan, deya xabar berdi «TASS».

Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisining aytishicha, raketa Pxenyan hududidan uchirilgan. U taxminan 300 km masofani bosib o‘tgan, maksimal parvoz balandligi 600 km.ni tashkil etgan, dedi Kisi.

Uchirish natijasida, vazirning so‘zlariga ko‘ra, kemalar va samolyotlarga zarar yetmagan. Kisining aytishicha, Tokio diplomatik kanallar orqali Pxenyanga norozilik bildirgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyo Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasiga javob qaytarish bilan band bo‘lgan bir paytda KXDR fursatdan foydalanmoqchi bo‘lsa, Yaponiya buni qabul qila olmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya raketasi 300 km masofani bosib o‘tdi