Rossiya tarkibiga kiruvchi Dog‘iston respublikasining rahbari Sergey Melikov Ukrainadagi «maxsus operatsiya» chog‘ida halok bo‘lgan rossiyalik ofitser, respublikada tug‘ilgan Nurmagomed Gadjimagomedovning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Gadjimagomedovning o‘limi haqidagi post 26 fevral kuni Melikovning Instagram’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan. Bu Rossiya Federatsiyasi rasmiysining Ukrainadagi rossiyalik harbiylarning o‘limi haqidagi birinchi xabaridir.
«Men Donbassni himoya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya davomida o‘z burchini sharaf bilan bajargan yosh vatandoshimiz, Rossiya armiyasi ofitseri Nurmagomed Gadjimagomedovning o‘limi haqidagi fojiali xabarni cheksiz qayg‘u bilan qabul qildim. Kulinskiy tumanida tug‘ilgan, Dog‘istonning jasur o‘g‘loni Nurmagomedning oilasiga chuqur hamdardlik bildiraman», — deyiladi xabarda.
Dog‘iston rahbari Gadjimagomedovning o‘limi sabablarini oshkor qilmagan. «Agensva» ma’lumotlariga ko‘ra, marhum Havo-desant polkida xizmat qilgan, u Ingushetiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Engels Gadjimagomedovning o‘g‘li bo‘lgan.
24 fevraldan beri biror marta Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy harakatlari paytida rus qo‘shinlari orasidagi yo‘qotishlar haqida xabar bermadi (bunday ma’lumotlar Rossiyada maxfiylashtirilgan). 26 fevral kuni ertalab Ukraina prezidenti ofisi 3500 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgani, yana 200 ga yaqini asirga olingani haqida xabar berdi. Ushbu ma’lumotlarning mustaqil tasdig‘i yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz