Frensis Fukuyama.
Foto: «LiveJournal»
Rossiya 1991 yilda qulagan kommunizm oqibatlarini bekor qilish uchun Ukrainaga hujum qildi, dedi Frensis Fukuyama. Bu haqda «Taipei Times» yozmoqda.
Fukuyamaning fikricha, prezident Vladimir Putin demokratik Ukraina Rossiyada demokratik harakatni motivatsiyalashidan cho‘chiydi.
Xitoy Ukrainadagi voqealarga jahon hamjamiyatining reaksiyasini diqqat bilan kuzatmoqda, dedi Fukuyama. Negaki, ukrain inqirozi oqibatida xalqaro munosabatlar yanada tanglashgan.
Yosixiro Frensis Fukuyama (1952 y. tug‘ilgan) — yapon millatiga mansub Amerika faylasufi, siyosatshunos, siyosiy iqtisodchi va yozuvchi. Shov-shuv ko‘targan «Tarixning tugashi va so‘nggi odam» kitobining muallifi. U o‘z asarida hammayoqda liberal demokratiya o‘rnatib bo‘linishi bilan insoniyat o‘z ijtimoiy-madaniy taraqqiyotining so‘nggi nuqtasiga yetib borishi g‘oyasini ilgari suradi. Fukuyama Stenford universitetining Demokratiya, taraqqiyot va qonun ustuvorligi markazi katta ilmiy xodimi hisoblanadi. Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz