Foto: «TASS»
Rossiya aviatsiyasi Ukrainaning butun hududi uzra havodagi ustunlikni qo‘lga kiritdi, deya ma’lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi general mayor Igor Konashenkov brifingda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylarining Ukrainadagi amaliyoti boshlanganidan beri Ukrainaning 1 114 ta harbiy infratuzilma ob’ektlariga zarba berilgan. Jami 314 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 57 ta ko‘p martalik o‘t ochuvchi reaktiv tizimlar, 121 ta dala artilleriyasi va minomyotlari, 274 ta maxsus harbiy texnika yo‘q qilingan.
- O‘tgan sutka davomida sakkizta «Buk M-1» jangovar texnikasi, «S-300» zenit raketa kompleksini boshqarish stansiyasi, «P-14» stansiyalari bilan uchta radiotexnika pozitsiyasi va yerdagi to‘rtta jangovor samolyot yo‘q qilindi, havodagi bitta samolyot urib tushirildi, — dedi Konashenkov.
28 fevral kuni ertalab Rossiya armiyasi Ukrainaning Berdyansk va Energodar shaharlarini o‘z nazoratiga oldi, dedi Konashenkov. Shuningdek, uning aytishicha, Rossiya harbiylari Zaporoje atom elektr stansiyasi atrofini to‘liq qo‘riqlab, nazorat qilmoqda.
Mudofaa vazirligi vakili Rossiya harbiy amaliyoti tinch aholiga tahdid solmayotganini yana bir bor ta’kidladi. Unga ko‘ra, xususan, Kiyevning tinch aholisi Kiyev—Vasilkov avtomagistrali bo‘ylab shahardan erkin va xavfsiz evakuatsiya qilinishi mumkin.
Rossiya1, Ukraina1, Ob’ekt1, Aviatsiya1, Raketa1, Texnika1, Jangovar1, Harbiy amaliyot1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz