14:04 / 28.02.2022
4 201

Rossiya butun Ukraina osmonida ustunlikni qoʻlga kiritgani haqida ma'lum qildi

Rossiya butun Ukraina osmonida ustunlikni qoʻlga kiritgani haqida ma'lum qildi
Foto: «TASS»
Rossiya aviatsiyasi Ukrainaning butun hududi uzra havodagi ustunlikni qoʻlga kiritdi, deya ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi general mayor Igor Konashenkov brifingda.

Vazirlik ma'lumotlariga koʻra, Rossiya harbiylarining Ukrainadagi amaliyoti boshlanganidan beri Ukrainaning 1 114 ta harbiy infratuzilma ob'ektlariga zarba berilgan. Jami 314 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 57 ta koʻp martalik oʻt ochuvchi reaktiv tizimlar, 121 ta dala artilleriyasi va minomyotlari, 274 ta maxsus harbiy texnika yoʻq qilingan.

- Oʻtgan sutka davomida sakkizta «Buk M-1» jangovar texnikasi, «S-300» zenit raketa kompleksini boshqarish stantsiyasi, «P-14» stantsiyalari bilan uchta radiotexnika pozitsiyasi va erdagi toʻrtta jangovor samolyot yoʻq qilindi, havodagi bitta samolyot urib tushirildi, — dedi Konashenkov.

28 fevral kuni ertalab Rossiya armiyasi Ukrainaning Berdyansk va Energodar shaharlarini oʻz nazoratiga oldi, dedi Konashenkov. Shuningdek, uning aytishicha, Rossiya harbiylari Zaporoje atom elektr stantsiyasi atrofini toʻliq qoʻriqlab, nazorat qilmoqda.

Mudofaa vazirligi vakili Rossiya harbiy amaliyoti tinch aholiga tahdid solmayotganini yana bir bor ta'kidladi. Unga koʻra, xususan, Kievning tinch aholisi Kiev—Vasilkov avtomagistrali boʻylab shahardan erkin va xavfsiz evakuatsiya qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo