Foto: RBK
Yangi sanksiyalar paketi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, rossiyalik tadbirkorlar, kompaniyalar rahbarlari va teleboshlovchilarga nisbatan cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
Yevropa ittifoqi Ukrainadagi harbiy operatsiya munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi, deb xabar bermoqda YEI rasmiy jurnali.
Cheklov choralari quyidagilarni qamrab oladi:
mansabdor shaxslar, siyosatchilar, senatorlar:
- prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov;
- bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko;
- qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin;
- transport vaziri Vitaliy Savelev;
- Federatsiya kengashi birinchi vitse-spikeri Andrey Turchak;
- yozuvchi Zaxar Prilepin;
tadbirkorlar:
- Aleksey Mordashov;
- Mixail Fridman;
- Alisher Usmonov;
- Petr Aven;
- violonchelchi Sergey Roldugin;
- Sheremetevo direktorlar kengashi raisi Aleksandr Ponomarenko;
- Gennadiy Timchenko;
kompaniya rahbarlari:
- “Rosneft” rahbari Igor Sechin;
- “Transneft” rahbari Nikolay Tokarev;
- “Promsvyazbank” rahbari Petr Fradkov;
OAV va yetakchi davlat kanallari xodimlari:
- Tigran Keosayan;
- Anton Krasovskiy;
- Arkadiy Mamontov;
- Olga Skabeyeva;
- Modest Kolerov;
- Roman Babayan;
harbiylar:
- Qora dengiz floti shtab boshlig‘i Sergey Pinchuk;
- Janubiy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari Aleksey Avdeyev;
- Janubiy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari, Rossiya Qahramoni Rustam Murodov;
- Janubiy harbiy okruk 8-gvardiya umumqo‘shin armiyasi qo‘mondoni Andrey Sichevoy.
Avvalroq, Alisher Usmonov Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostida qolishi mumkin ekani xabar berilgandi.
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining murojaatiga javoban Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi.
Bunga javoban g‘arb davlatlari ham shaxsiy, ham sohalarga tegishli sanksiyalarni kiritdi. Sanksiyalar Rossiyaning davlat qarzi va bank sektoriga nisbatan ham taalluqli.
Yevropa ittifoqi1, Alisher Usmonov1, Rossiyaga qarshi1, Sanksiyalar paketi1, Mansabdor shaxslar1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?