Foto: «Xabar24.kz»
Qozog‘iston prezidenti Qоsim-Jo‘mart To‘qayev Nur Otan partiyasining yig‘ilishida Ukrainadagi vaziyat keskinlashuvi haqida gapirdi, deb xabar beradi Tengrinews.
«Aytilayotgan gaplarning barchasi Ukraina atrofida sodir bo‘layotgan voqealar fonida alohida ahamiyatga ega. Bizning pozitsiyamiz davlatimiz xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlashning muhim zaruratidan kelib chiqishi kerak. 2010 yilda YEXHT sammitiga mezbonlik qilgan davlat sifatida biz Yevrosiyo xavfsizligining bo‘linmasligi prinsipiga tayanamiz. Bu haqda men 10 fevral kuni Moskvaga tashrifim davomida ma’lum qilganman», — deydi To‘qayev partiyaning navbatdan tashqari chaqirig‘ida.
Uning ta’kidlashicha, bo‘linmaslik va umumiy xavfsizlik tamoyili o‘zaro ishonchga asoslangan o‘zaro tushunishni nazarda tutadi.
«Afsuski, bu sodir bo‘lmadi, Minsk kelishuvlari qog‘ozda qolib ketdi va bu Ukraina hududida harbiy harakatlarga olib keldi. Geosiyosiy vaziyat misli ko‘rilmagan darajada yomonlashdi. Va endi afsuski, bu tendensiyaning qaytarib bo‘lmasligi haqida gapirish vaqti keldi. Shu sababli biz ikkala mamlakatni ham muzokaralar stolida til topishib olish, kelishuv va shartnomalarga erishishga chaqirib qolamiz. Boshqa yo‘l yo‘q. Yaxshi janjaldan yomon tinchlik afzal. Tinchliksiz rivojlanish bo‘lmaydi. Qozog‘iston, agar zarur bo‘lsa, har qanday yordam, jumladan, vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishga tayyor», — deydi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina va Rossiya delegatsiyasining maxsus operatsiyalar boshlanganidan keyingi birinchi uchrashuvi 28 fevral kuni Belarusning Gomel viloyatida bo‘lib o‘tdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan uchrashuvning aniq joyi oshkor etilmadi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Rossiya bilan muzokaralar davomida Ukraina xohlagan natijaga erishish imkoni bo‘lmagan.
Ukrainadagi vaziyat1, Qozog‘iston prezidenti1, To‘qayev1, Yordam ko‘rsatish1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?