21:05 / 01.03.2022
1 362

Saakashvili Gruziya hukumatidan oʻzini Kievga yuborishlarini soʻradi

Saakashvili Gruziya hukumatidan oʻzini Kievga yuborishlarini soʻradi
Foto: Reuters
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili sudda Ukraina fuqarosi ekanligi va Gruziya hukumati unga Kievga ketish imkoniyatini berishi kerakligini aytdi.

"Men Ukraina milliy islohotlar qoʻmitasi raisi hisoblanaman. Mening kabinetim prezident Zelenskiy kabineti bilan yonma-yon joylashgan. Meni u yerda kutishyapti va men bugun oʻsha yerda oʻz hukumatim bilan boʻlishim kerak", - dedi Saakashvili.

"Mard boʻling va Sakashvilini Ukrainaga yuborish kerakligini aytayotgan Evropa mamlakatlari prezidentlariga quloq soling. Bu ish uchun, Gruziyaning kelajakdagi nufuzi uchun yaxshi boʻladi", - dedi sobiq prezident.

Xabar qilinishicha, Saakashvili sud majlisi davomida ikki marta oʻzini yomon his qilgan. U oʻn kun avval ochlik e'lon qilgandi.

Saakashvili Gruziyaga 2021 yil 29 sentyabrda kelgandi. U 1 oktyabr kuni qoʻlga olingan va Rustavi shahridagi qamoqxonaga joʻnatilgan.

Saakashvili qamoqqa olinganidan soʻng ochlik e'lon qilgan, 8 noyabrda Tbilisidagi qamoqxona shifoxonasiga yotqizilgandi. U 20 noyabr kuni Gori shahridagi harbiy hospitalga koʻchirilganidan soʻng ochlikni toʻxtatgandi.

Siyosatchi bir nechta jinoyat ishlarida ayblanmoqda. Saakashvili hibsga olinishini noqonuniy, ayblovlarni esa soxtalashtirilgan deb hisoblaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo