
Foto: Bloomberg
Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan unga qoʻllanilgan sanktsiyalar jahon iqtisodiyoti oʻsishiga ulkan zarba berib, xavf-xatarlarni kuchaytirdi. Bu oltin narxlariga ham oʻz ta'sirini koʻrsatgan holda, uning qimmatlashishiga sabab boʻlyapti. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Rossiya bankining sanktsiyalarni yumshatishda xorij zaxiralaridan foydalanishiga toʻsqinlik qiluvchi jazo choralari qoʻllanilganidan soʻng, quyma oltin narxlari jami 2,2 foizga oshdi. Shuningdek, ba'zi rossiyalik kreditorlar trillion dollarlab tranzaktsiyalarni amalga oshiruvchi SWIFT xalqaro moliya tizimidan chiqarib yuborildi.
Rossiya markaziy banki asosiy foiz stavkalarini deyarli yigirma yil ichida eng yuqori darajagacha koʻtargan bir paytda prezident Vladimir Putin javob choralarini koʻrdi. Shuningdek, Rossiya bilan bogʻliq xorijdagi aktsiyalar va qarz majburiyatlari narxlari tushib ketgani bois aktsiya va obligatsiyalar savdosini butunlay bekor qildi.
Moliyaviy boʻshliq jahon iqtisodiyoti oʻsishiga zarba berishi yoki AQSh Federal zaxira tizimining dollarlarni etkazib berishida undan ma'lum harakatlarni talab etishi mumkinligi boʻyicha xavf-xatarlar ortib bormoqda.
- Rossiya-Ukraina mojarolarining keskinlashuvi oltinga boʻlgan yuqori talabni kuchaytirmoqda, — deydi ‘‘Commerzbank’’ tahlilchisi Deniel Brizemann.
Oltin quymasi boshqa aktivlarni ortda qoldirgan holda may oyidan beri bu eng yuqori koʻrsatkichni qayd etmoqda.
27 fevral kuni Rossiya markaziy banki ikki yillik tanaffusdan soʻng ichki bozordagi oltin savdosini qayta tiklashi haqida xabar bergan edi. Markaziy bankda 2000 tonna oltin quymasi mavjud.
Oltin bahosi avvalroq 1930,85 dollargacha koʻtarilgandan keyin Nyu-York vaqti bilan soat 16:19 da 1,1 foizga oʻsdi va 1910,10 dollarga etdi. Comex’da aprel oyi uchun etkazib beriladigan oltin quymalari 0,7 foizga qimmatlashib, 1900,70 dollarga baholanmoqda. Shuningdek, platina narxlari tushib ketdi, kumush esa aksincha – oshdi.
Palladiy Rossiya eksporti bilan bogʻliq uzilishlar xavfi tufayli avval 7,8 foizga koʻtarilgan boʻlsa, hozirda 5,9 foizga oshgan.
Rossiyaga qarshi1 Qo‘llanilgan sanksiyalar1 Oltinning qimmatlashishi1 Rossiyaning Ukrainaga hujumi1 Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!