Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arbning nafaqat iqtisodiy, balki boshqa sohalarga ham qo‘llagan sanksiyalari Rossiyani yakkalay olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Rossiyaning do‘stlari ko‘p va uni yakkalab bo‘lmaydi”, - dedi Rossiya TIV rahbari. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy amaliyot boshlangandan keyin G‘arb mamlakatlari unga qarshi birin-ketin sanksiyalar joriy etishni boshlashdi.
Shunga qaramasdan, dunyoning ko‘plab mamlakatlari Rossiyaning harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ular orasida Ittifoqdosh davlat Belarus bor.
Xitoy yetakchisi Si Szinpin Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon suhbatida Moskvaning xatti-harakatlariga hurmat bilan qarashini ma’lum qildi.
Suriya va Januyuiy Osetiya ham Rossiyani qo‘llab-quvvatlashdi va Rossiya Abxaziya ortidan DXR va LXR mustaqilligini tan olishga tayyorgarlik ko‘rishayotganini bildirishdi. Markaziy Afrika Respublikasi Rossiyani qo‘llab, DXR va LXRni tan olish zo‘ravonlikning oldini olishini ma’lum qildi.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru uning mamlakati BMT Xavfsizlik kengashida Ukrainadagi harbiy operatsiyani qoralovchi rezolyatsiya uchun ovoz bermasligini ta’kidladi. Hindiston va BAA ham shunday qaror qabul qilishgan.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro maxsus operatsiyani to‘liq qo‘lladi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Putin bilan telefon suhbatida Rossiyaning Donbassni himoya qilish harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24 fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy ob’ektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.
Donbass1, Maxsus harbiy operatsiya1, Sergey Lavrov1, Rossiyani yakkalash1, Ukraina1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi