Rossiyalik milliarder Oleg Deripaska: «Rossiya uch yilda chuqur inqirozda boʻladi»

Rossiyalik milliarder Oleg Deripaska: «Rossiya uch yilda chuqur inqirozda boʻladi»
Foto: Time
Rossiya uch yillik chuqur inqirozda boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda rossiyalik milliarder Oleg Deripaska aytib oʻtdi.

- Biz ilgari hech qachon bunday qiyinchilikka duch kelmaganmiz. Men buni boshqalarga qaraganda yaxshiroq tushunyapman. Temir parda allaqachon tushirilgan. Inqiroz kamida uch yil boʻladi — u juda ogʻir va chuqur boʻladi, — dedi u.

Milliarderning soʻzlariga koʻra, vaziyatni baholash uchun 1998 yildagi inqirozni olib, uni uchga koʻpaytirish kerak. Oʻsha yili Rossiyada defolt boʻlgan edi.

- Biz qancha hamkorlarimiz qolganini koʻrishimiz kerak, menimcha, ularni bir qoʻl barmoqlari bilan hisoblaymiz, — dedi Deripaska.

Deripaskaning fikricha, inqirozdan chiqishning asosiy va birinchi qadami — «murosaga kelib tinchlikka erishish». Bu qanchalik tezroq boʻlsa, Rossiya uchun shuncha yaxshi boʻladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar