Foto: RT
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi nihoyasiga yetdi. Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Pogrebnyak o‘rtaga tashlangan barcha masalalar bo‘yicha muzokaralar yaqin kunlarda (7 martdan so‘ng) yana davom ettirilishi mumkinligini ta’kidladi.
U hozircha Ukraina muzokaralarda ko‘zlagan maqsadiga erishmaganini aytdi, muhokamalarning uchinchi raundi yana Belarusda bo‘lib o‘tishi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi raund muzokaralaridan so‘ng Rossiya va Ukraina insonparvarlik yo‘laklarini ochishga kelishib olgandi. Undan asosan Rossiya harbiylarni kiritgan hududlardan Ukrainaning tinch aholisini ko‘chirishda foydalaniladi.
Qolaversa, tomonlar bugungi muzokaralarda tinch aholi va insonparvarlik yordamlari o‘tuvchi yo‘nalishlarda o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatib turish imkoniyatlarini ham muhokama qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”