
Foto: «Gazeta.Ru»
Bugun, 3 mart kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefonda muloqot bo‘lib o‘tdi.
Makron yarim soat davom etgan suhbatdan olgan xulosalarini ochiqladi.
Makronning ta’kidlashicha, hozirgi voqealar «holva bo‘lib qoladi», negaki Putin butun Ukrainani bosib olishni ko‘zlayapti. Putin Ukrainani to‘liq «nazorati ostiga olish» qarorida juda qat’iy turibdi.
Rossiya prezidenti rus armiyasining operatsiyasi Moskva rejasi bo‘yicha davom etayotganini bildirgan. Shu bois, agarda Ukraina hukumati uning shartlarini qabul qilmas ekan, vaziyat qaltislashib boraverishini ta’kidlagan.
Putin Ukrainani «denatsifiakatsiyalash» niyati borligini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu suhbatdan so‘ng Rossiya tomoni bergan bayonotda Putin Makronga Rossiyaning shartlarini batafsil bayon qilgani, jumladan, Ukraina «hududidan Rossiya uchun hech qachon tahdidlar bo‘lmasligi uchun» Ukrainaning neytral maqomi va demilitarizatsiyasi haqida so‘z borgani aytilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar