
Rossiya prezidenti Vladimir Putin payshanba kuni boʻlib oʻtgan xavfsizlik kengashi majlisi ochilishi oldidan Ukrainada maxsus operatsiya qanday ketayotgani haqida aytib berdi.
Oʻz nutqida Rossiya prezidenti dogʻistonlik “Rossiya qahramoni” unvoni berilgani haqida va uning jangda koʻrsatgan qahramonligi haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.
“Katta leytenant Nurmagomed Gadjimagomedov janglarda oʻz askarlariga ishonch bilan etakchilik qildi, haqiqiy komandir sifatida ularning hayotini asrab qolishga harakat qildi. Hatto ogʻir yarador boʻlganidan soʻng ham u oxirigacha kurashdi. Jangarilar qurshab olganidan soʻng u oʻzini portlatib yubordi. Chunki u millatchilar asirlarga qanday munosabatda boʻlishini yaxshi bilardi” , - dedi Rossiya prezidenti.

Shundan soʻng Vladimir Putin dogʻistonlik askarning ushbu qahramonligidan, 300dan ortiq millat yashayotgan butun Rossiyaning bir qismi ekanidan magʻrurlanishini aytib oʻtdi.
“Men rus odamiman, mening qarindoshlarim hammasi “ivan va mariyalar”, lekin yosh dogʻistonlik lak millatiga mansub Nurmagomed Gadjimagomedov kabi askarlar qahramonligini koʻrganimda, men ham oʻzimni lakman, dogʻistonlikman, chechenistonlikman, ingushman, rus, tatar, yahudiy, mordvin, osetinman degim keladi. Albatta Rossiyada yashayotgan barcha 300 millat nomini sanab oʻta olmayman, lekin men ushbu dunyoning, ushbu koʻp millatli va qudratli Rossiya xalqining bir qismi ekanimdan magʻrurlanaman”, - dedi Rossiya prezidenti.
Shundan soʻng Vladimir Putin rus va ukrain xalqi aslida bitta millat ekanini va u ushbu fikrini hech qachon oʻzgartirmasligini yana bir bor ta'kidlab oʻtdi.
Dogʻistonlik Nurmagomed Gadjimagomedov 25 yoshda edi, u Ryazandagi desantchilar maktabini bitirgan. Shu kunga qadar bir necha qaynoq nuqtalarda boʻlgan, jumladan Suriyada ham.
Eslatib oʻtamiz, Ukrainada 24 fevraldan buyon Rossiya Qurolli kuchlarining maxsus harbiy operatsiyasi oʻtkazilmoqda. Uning maqsadi Ukrainani qurolsizlartirish va millatchilardan tozalash. Opratsiya davomida faqat harbiy infratuzilma va millatchi guruhlarga zarba berilmoqda, shaharlar, tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq.
Vladimir Putin1 Dog‘istonlik askar1 Nurmagomed Gadjimagomedov1 Qahramonlik1 Ukrain xalqi1 Rossiya va Ukraina urushi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar